Keling, avvalo Registon ta’lim loyihasi bilan tanishaylik
1. Registon o‘quv markazi – 2013-2014 o‘quv yilida tashkil topgan. Hozirda 700 dan ziyod o‘qituvchi 15000 dan ortiq o‘quvchiga ta’lim berib kelmoqda.
2. Registon nashriyoti. 2019-yilda tashkil topgan. Hozirda 200 ga yaqin ta’limga oid kitoblar nashr qilingan. Oxirgi 1 yilda 400mingdan oshiq kitoblar butun O‘zbekiston bo‘ylab sotildi.
3. Registon maktabi. 2022-yilda tashkil etilib litsenziya olindi. 2023-yilda o‘z faoliyatini boshladi.
4. Registon Universiteti. 2023-yilning sentyabridan faoliyatini boshlashi kutilmoqda. Hozirda o‘quv binosida qurilish-montaj ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Universitetlarda pedagogika va uning menejmentiga diqqat qaratilgan.
Asosiy maqsadi – O‘zbekistonda eng yaxshi o‘qituvchilarni tayyorlash.
Registon xususiy maktabi o‘z oldiga qanday vazifalar qo‘ygan?
– Bolalarning zamonaviy dunyodagi qiyinchiliklarga tayyor, o‘z fikri va qarashiga ega mustaqil shaxslar bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlarini ishga solish;
– O‘z o‘quvchilarining o‘zligini tanigan insonlar sifatida har qanday vaziyatda to‘g‘ri qarorlar qabul qiladigan bo‘lib rivojlanishlari uchun harakat qilish;
–Bolalarda jamoaga nisbatan hurmat hissi shakllanishini rivojlantirish. Xususiy maktabda jamoada ishlash, jamoa bilan uyg‘unlashuvga alohida e’tibor beriladi;
– O‘quvchilar zamonaviy dunyo tez o‘zgarayotganini his qilishadi va shunga mos doimiy bilim olishga tayyor bo‘lishadi. Ya’ni o‘z ustida ishlash ko‘nikmasi rivojlantiriladi.
Registon xususiy maktabining maqsadlari:
– O‘quvchilarga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha sifatli ta’lim berish va bu natijaga asoslangan bo‘lishi;
– Registon o‘quvchilari sharqona ta’lim asosida tarbiyalanadilar. Oilasiga, vataniga, jamiyatiga xizmat qiladigan yetuk insonlar bo‘lishadi;
Registon xususiy maktabining qadriyatlari:
- Qiziquvchanlik
- Natijaviylik
- Mas’uliyat
- Keng dunyoqarash
- Jamoaviylik
- Milliy qadriyatlar
Endi siz bilan maktabda yaratilgan imkoniyatlar haqida gaplashsak!
Sinfxonalar, jihozlar
Sinfda maksimal 20 nafar o‘quvchi bo‘lib, sinf xonada elektron doska, sifatli standartga ko‘ra yasalgan stol-stullar mavjud. Har bir o‘quvchi kitob va kiyimlarini joylash uchun shaxsiy javonlar o‘rnatilgan.
Sport va fan to‘garaklari
Soat 15:00 dan keyin o‘quvchilar uchun alohida to‘garak soatlari tashkillashtiriladi. Bolalarning jismonan sog‘lom bo‘lishi uchun gimnastika va taekvondo sport to‘garaklari o‘tiladi.
Sportzallar
Maktabda ochiq va yopiq sport maydoni mavjud bo‘lib, maktab binosi ichida sportzal va tashqarida futbol, voleybol o‘yingohi bo‘ladi. Bundan tashqari, umumiy bayramlar va tadbirlar uchun 150 kishilik anjumanlar zali mavjud.
Havo aylanish va isitish tizimi
Maktab binosi, sinfxonalarda o‘quvchilar darslarni yaxshi o‘zlashtirishi uchun havo aylanish va isitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Chiller tizimi bu vazifani bajaradi.
Laboratoriya xonalari
O‘quvchilar fanlarni faqat nazariy emas, amaliy o‘zlashtirishi uchun kimyo, fizika va biologiya fanlari uchun maxsus laboratoriya xonalari mavjud. Shuningdek, maktab zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan informatsion texnologiya xonalariga ega
Ekskursiyalar
Maktabdagi doimiy darslardan tashqari o‘quvchilar uchun har choraklik ekskursiyalar tashkillashtirilgan. Bunda o‘quvchilar maktabda nazariy olgan bilimlarini turli muzeylar, oromgohlar va tarixiy joylarga borish orqali amaliy mustahkamlaydila
Maktab xizmatlari
Oshxona
Maktabda ovqatlar diyetolog tomonidan tasdiqlangan taomnoma asosida tayyorlanadi. Bir kunda 4 mahal taom berilib, ular tongi nonushta, ikkinchi nonushta, tushlik va kechki tushlikdan iborat. Bolalar to‘g‘ri vaqtda va me’yorida ovqatlanishi ta’minlanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ovqatlanishini qo‘shimcha ustozlar nazorat qiladi
Baholash markazi
Maktablarda pedagoglar o‘quvchilarni baholashda turlicha yondashadilar, ba’zi o‘qituvchilar bolalarni baholashda ko‘tarib, ba’zilari esa past qilib baholaydilar. Registon xususiy maktabida baholash markazi tashkillashtirilgan bo‘lib, bunda har chorakda asosiy fanlardan umumiy imtihonlar o‘tkaziladi. Bir chorak davomida o‘zlashtirilgan mavzular bo‘yicha maktab xodimi bo‘lmagan pedogoglar orqali imtihon savollarituzilib, maktab xodimlari qatnashuvisiz imtihonlar olinadi. Natija umumiy e’lon qilinib, yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va past bal olgan o‘quvchilar bilan esa bir oy davomida qo‘shimcha qayta o‘zlashtirish darslari olib boriladi.
Psixologik xizmat
Maktab o‘quvchilarida turli o‘zgarishlar bo‘ladi, psixotravma, qo‘rquv va har xil holatlar. Bolalar bunday holatlarda ota-onasiga ham, maktab ma‘muriyatiga ham xabar bermaydi. Maktablarda bolalar bilan psixologik xizmat faqatgina bolaning o‘zi murojaat qilganda yoki ota-ona talabiga ko‘ra amalga oshiriladi. Registon xususiy maktabida har bir bosqich(boshlang‘ich 1-4 sinflar, 5-8 sinflar va yuqori 9-11 sinflar) uchun psixolog biriktirilgan. Har oyda psixolog o‘quvchilar bilan 10-15 daqiqa birga-bir suhbat olib boradi va bolani psixologik va ruhiy holati bo‘yicha ota-onaga xulosa yozib boradi.
Ichki olimpiadalar
Maktab o‘quvchilar o‘rtasida ta’lim muhitini shakllantirish uchun turli fanlardan ichki olimpiadalar o‘tkaziladi. Ingliz tili, matematika, fizika, tarix, ona tilli, rus tili, arab tili, kimyo va biologiya fanlaridan yilda ikki marta umumiy olimpiada o‘tkaziladi
Maktabda ta’lim olish narxi qancha?
- Oylik to‘lov: 4.4 mln so‘m
- Yillik (10 oy uchun) to‘lov: 40 mln so‘m
Registon maktabi qayerda joylashgan?
Registon xususiy maktabi o‘quvchi va ularning ota-onalariga hartomonlama qulay bo‘lishi uchun manzil sifatida Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridan bir, ya’ni Beruniy shox ko‘chasini (Tinchlik metro bekatiga yaqin joyda, Gʻuncha – Korzinka ro‘parasi) tanlaganlan. Maktabga Toshkent shahrining istalgan tumanidan, istalgan jamoat transportlari orqali yetib kelish imkoniyati mavjud.
Biz bilan bog‘lanish
- Telefon +998 91 002 27 00
- mail: info@rgnschool.uz
- B1 Beruniy shoh ko‘chasi, Tashkent 702725