Registon xususiy maktabi haqida

Registon ta’lim loyihasi:

1. Registon o‘quv markazi – 2013-2014 o‘quv yilida tashkil topgan. Hozirda 700 dan ziyod o‘qituvchi 15000 dan ortiq o‘quvchiga ta’lim berib kelmoqda.

2. Registon nashriyoti. 2019-yilda tashkil topgan. Hozirda 200 ga yaqin ta’limga oid kitoblar nashr qilingan. Oxirgi 1 yilda 400mingdan oshiq kitoblar butun O‘zbekiston bo‘ylab sotildi.

3. Registon maktabi. 2022-yilda tashkil etilib litsenziya olindi. 2023-yilda o‘z faoliyatini boshladi.

4. Registon Universiteti. 2023-yilda tashkil topdi. Universitetlarda pedagogika va uning menejmentiga diqqat qaratilgan.

Asosiy maqsad – O‘zbekistonda eng yaxshi o‘qituvchilarni tayyorlash.

Vazifalar

– Bolalarimiz zamonaviy dunyodagi qiyinchiliklarga tayyor, o‘z fikri va qarashiga ega mustaqil shaxslar bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz;

– Biz o‘quvchilarimizning o‘zligini tanigan insonlar sifatida har qanday vaziyatda to‘g‘ri qarorlar qabul qiladigan bo‘lib rivojlanishlari uchun harakat qilamiz;

–Bolalarimizda jamoaga nisbatan hurmat hissi shakllanishini rivojlantiramiz. Xususiy maktabimizda jamoada ishlash, jamoa bilan uyg‘unlashuvga alohida e’tibor beriladi;

– O‘quvchilarimiz zamonaviy dunyo tez o‘zgarayotganini
his qilishadi va shunga mos doimiy bilim olishga tayyor bo’lishadi. Ya’ni o‘z ustida ishlash ko‘nikmasini rivojlantiramiz.

Maqsadlar:

– O‘quvchilarga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha sifatli ta’lim
berish va bu natijaga asoslangan bo‘lishi;

– Registon o‘quvchilari sharqona ta’lim asosida
tarbiyalanadilar. Oilasiga, vataniga, jamiyatiga
xizmat qiladigan yetuk insonlar bo‘lishadi;

Qadriyatlar:

Qiziquvchanlik

Natijaviylik

Mas’uliyat

Keng dunyoqarash

Jamoaviylik

Milliy qadriyatlar

Sharoit va imkoniyatlar

Sinfxonalar, jihozlar

Sinfda maksimal 20 nafar o‘quvchi bo‘lib, sinf xonada elektron doska, sifatli standartga ko‘ra yasalgan stol-stullar mavjud. Har bir o‘quvchi kitob va kiyimlarini joylash uchun shaxsiy javonlar o‘rnatilgan.

Sport va fan to'garaklari

Soat 15:00 dan keyin o‘quvchilar uchun alohida to‘garak soatlari tashkillashtiriladi. Bolalarning jismonan sog‘lom bo‘lishi uchun gimnastika va taekvondo sport to‘garaklari o‘tiladi.

Sportzallar

Maktabda ochiq va yopiq sport maydoni mavjud bo‘lib, maktab binosi ichida sportzal va tashqarida futbol, voleybol o‘yingohi bo‘ladi. Bundan tashqari, umumiy bayramlar va tadbirlar uchun 150 kishilik anjumanlar zali mavjud.

Havo aylanish va isitish tizimi

Maktab binosi, sinfxonalarda o‘quvchilar darslarni yaxshi o‘zlashtirishi uchun havo aylanish va isitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Chiller tizimi bu vazifani bajaradi.

Laboratoriya xonalari

O‘quvchilar fanlarni faqat nazariy emas, amaliy o‘zlashtirishi uchun kimyo, fizika va biologiya fanlari uchun maxsus laboratoriya xonalari mavjud. Shuningdek, maktab zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan informatsion texnologiya xonalariga ega

Ekskursiyalar

Maktabdagi doimiy darslardan tashqari o‘quvchilar uchun har choraklik ekskursiyalar tashkillashtirilgan. Bunda o‘quvchilar maktabda nazariy olgan bilimlarini turli muzeylar, oromgohlar va tarixiy joylarga borish orqali amaliy mustahkamlaydila

Maktab xizmatlari

Oshxona

Maktabda ovqatlar diyetolog tomonidan tasdiqlangan taomnoma asosida tayyorlanadi. Bir kunda 4 mahal taom berilib, ular tongi nonushta, ikkinchi nonushta, tushlik va kechki tushlikdan iborat. Bolalar to‘g‘ri vaqtda va me’yorida ovqatlanishi ta’minlanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ovqatlanishini qo‘shimcha ustozlar nazorat qiladi

Baholash markazi

Maktablarda pedagoglar o‘quvchilarni baholashda turlicha yondashadilar, ba’zi o‘qituvchilar bolalarni baholashda ko‘tarib, ba’zilari esa past qilib baholaydilar. Registon xususiy maktabida baholash markazi tashkillashtirilgan bo‘lib, bunda har chorakda asosiy fanlardan umumiy imtihonlar o‘tkaziladi. Bir chorak davomida o‘zlashtirilgan mavzular bo‘yicha maktab xodimi bo‘lmagan pedogoglar orqali imtihon savollari
tuzilib, maktab xodimlari qatnashuvisiz imtihonlar olinadi. Natija umumiy e’lon qilinib, yaxshi natija ko’rsatgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va past bal olgan o’quvchilar bilan esa bir oy davomida qo‘shimcha qayta o’zlashtirish darslari olib boriladi.

Psixologik xizmat

Maktab o‘quvchilarida turli o‘zgarishlar bo‘ladi, psixotravma, qo‘rquv va har xil holatlar. Bolalar bunday holatlarda ota-onasiga ham, maktab ma‘muriyatiga ham xabar bermaydi. Maktablarda bolalar bilan psixologik xizmat faqatgina bolaning o‘zi murojaat qilganda yoki ota-ona talabiga ko‘ra amalga oshiriladi. Registon xususiy maktabida har bir bosqich
(boshlang‘ich 1-4 sinflar, 5-8 sinflar va yuqori 9-11 sinflar) uchun psixolog biriktirilgan. Har oyda psixolog o‘quvchilar bilan 10-15 daqiqa birga-bir suhbat olib boradi va bolani psixologik va ruhiy holati bo’yicha ota-onaga xulosa yozib boradi. 

Ichki olimpiadalar

Maktab o‘quvchilar o‘rtasida ta’lim muhitini shakllantirish uchun turli fanlardan ichki olimpiadalar o‘tkaziladi. Ingliz tili, matematika, fizika, tarix, ona tilli, rus tili, arab tili, kimyo va biologiya fanlaridan yilda ikki marta umumiy olimpiada o‘tkaziladi

Ariza qoldiring. Biz siz bilan bog‘lanib batafsil ma`lumot beramiz.