TA’LIM DASTURI

1-4 sinflar uchun ta’lim dasturi

Registon xususiy maktabida tabiiy ravishda dars soatlari ko‘p bo‘ladi. Davlat ta’lim standartlariga qo‘shimcha ravishda kuchaytirilgan dars soatlari qo‘shiladi. Bunda 1-sinfdan 4-sinfgacha bo‘lgan boshlang‘ich sinflarda rus tili, arab tili, matematika va ingliz tili soatlari ko‘proq, chuqurlashtirib o‘rgatiladi. Ingliz tili va matematikadan chet el qo‘llanmalaridan foydalaniladi. Boshlang‘ich sinf uchun qo‘shimcha to‘garaklardan shaxmat, robototexnika, gimnastika, taekvondo va uyga vazifa soatlari o‘tiladi.

5-8 sinflar uchun ta’lim dasturi

5-8-sinflarda asosiy fanlar o‘quv dasturiga qo‘shgan bo‘lib, soatlari chuqurlashtirib o‘tiladi. Bular: arab tili, ingliz tili, rus tili matematika va IT. Ingliz tili fanidan chet ellik xorijiy pedagoglar dars berishadi. Qo‘shimcha shaxmat, taekvondo, gimnastika hamda debat klub darslari olib boriladi. Bu sinflarda o‘quvchilarning iqtidorini kashf qilish boshlanadi. Shu maqsadda bolaning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ustozlar, psixolog va ota-ona bilan maslahatlashib o‘quvchining yo‘nalishi aniqlanadi 

9-11 sinflar uchun ta’lim dasturi

9-11-sinflar sohaga yo‘naltirilgan bo‘lib universitetga tayyorlov darslari olib boriladi. Tabiiy fanlar va biznes menejment yo‘nalishlariga bo‘linib, tabiiy fanlarda kimyo biologiya, biznes menejment yo‘nalishida esa ingliz tili matematika chuqurlashtirib o‘rgatiladi. Ta‘lim dasturi faqatgina mahalliy oliygohlar emas, balki chet el oliygohlariga ham tayyorlashni o’z ichiga olgani bois IELTS va SAT darslari ham olib boriladi. O‘qish haftasiga 6 kun bo’lib, 6-kun qo‘shimcha tayyorlov va imtihonlar kuni qilib belgilanadi. Har oy yo‘nalish bo‘yicha umumiy imtihonlar o‘tkazilib, o‘quvchilarning o‘zlashtirishi doimiy baholanib boriladi.

Chuqurlashtirilgan fanlar

Tarbiya

Ingliz tili

IELTS

Rus tili

Matematika

SAT

Arab tili

O‘zbek tili